• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya 20 ta hujjat imzoladi

    Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida salmoqli hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tashrif doirasida imzolangan 2019—2024-yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019—2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, To‘qimachilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro almashildi.

    “Mustaqillikning 25 yilligi” konini qo‘shimcha razvedka qilish va jihozlash hamda Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga doir qo‘shimcha bitim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O‘zbekistondagi filialini tashkil etish to‘g‘risida bitim, Fanlararo ilmiy ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi va “Rossiya rektorlar kengashi” jamoat tashkiloti o‘rtasida bitim, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

    Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi.

    Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda Prezidentlar tor va keng doiradagi muzokaralar har doimgidek o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o‘tganini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, mamlakatlarimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani tasdiqlandi.

    Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida birinchi bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston—Rossiya” hududlararo forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollardan ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

    Tomonlar BMT, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

    Prezidentlar xavfsizlik sohasida o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan sheriklik munosabatlarini kengaytirish Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish vazifalarini birgalikda hal etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Terrorizm, ekstremizm, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

    Tomonlar Afg‘onistonda tinchlikni afg‘onlarning o‘zi, afg‘onlar rahbarligida o‘rnatishi zarurligiga ishonch bildirdi. Rossiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

    Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlik rivojida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidladi.

    Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Joriy o‘quv yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. Mamlakatimizda samarali faoliyat yuritayotgan Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiy akademiyasi, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallariga qo‘shimcha ravishda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat kinematografiya instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan.

    Fan sohasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Jizzax viloyatidagi “Suffa” platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekiston—Rossiya yoshlari forumi to‘rtinchi bor o‘tkaziladi.

    Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga to‘xtaldi. 2020-yilda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash maqsadida mamlakatda maxsus dastur ishlab chiqish va Toshkentda “G‘alaba” bog‘-majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu maskan fashizmga qarshi kurashimiz ramzi bo‘ladi, yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

    Tomonlar Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

    19.10.2018, 15:38   Izoh (0)   35152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda “G‘alaba” nomli xiyobon bunyod etiladi

    19.10.2018, 15:16

    Islom dinida shirk haqida nima deyilgan?

    19.10.2018, 14:23

    O‘zbekiston – Rossiya: tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarga yetkaziladi

    19.10.2018, 14:05

    Toshkentda retro avtomobillar ko‘rgazmasi o‘tkazildi (foto)

    19.10.2018, 12:59

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimi boshlandi (video)

    19.10.2018, 12:53

    O‘zbekiston va Rossiya umumiy qiymati 27,1 mlrd dollarga teng 785 ta shartnoma imzoladi

    19.10.2018, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 16:24

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.