Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlash maqsadida Toshkentda 2020-yilda “G‘alaba” xiyoboni quriladi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
“2020-yilda ulug‘ g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash uchun O‘zbekistonda maxsus dastur ishlab chiqyapmiz. Dastur doirasida Toshkent shahrida ‘G‘alaba’ xiyoboni bunyod etiladi. Ushbu xiyobon fashizm ustidan qozongan g‘alabamizning umumiy ramzi bo‘ladi, yosh avlodni tarixni hurmat qilish, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi”, — degan Mirziyoyev.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida IV O‘zbek-rus yoshlar forumini Toshkentda o‘tkazishga kelishib olingan.
Izoh (0)