WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasini sudga berishga qaror qildi. U oxirgi olti yil davomida mazkur elchixonada istiqomat qilmoqda, deb yozadi The Independent.
Julian Assanj uning “asosiy huquq va erkinliklari” buzilganligi uchun sudda tortishish niyatida. Uning mazkur qarori dipmissiya 47 yoshli Assanj uning hududida amal qilishi lozim bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini aks ettirgan to‘qqiz sahifali hujjatni chiqargandan bir necha kun o‘tib ma’lum qilinganligi ta’kidlanmoqda.
Assanjdan, jumladan, mushugi haqida g‘amxo‘rlik qilish, vannada tartibga rioya qilish va boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaslik talab etildi. WikiLeaks asoschisi talablarga amal qilmasa, u boshpanadan mahrum etilishi va Buyuk Britaniya hukumatiga topshirilishi ko‘rsatilgan. Aksincha vaziyatda esa uning internetdan foydalanish imkoniyati tiklanishi mumkin.
Izoh (0)