Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qanliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakillantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yil 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashituruvchi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.
Izoh (0)