Irlandiyaning Ookla kompaniyasi joriy yil sentabr oyi yakunlari bo‘yicha internet tezligiga oid ma’lumotlar qayd etilgan Speedtest Global Index reytingini e’lon qildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston bir punkt yo‘qotib, jami 124-o‘rindan iborat ro‘yxatda 110-o‘rinni egalladi (9,93 Mbit/s).
Simli internet tezligi bo‘yicha ikki punkt balandlab, 130-o‘rindan iborat reytingda 114-o‘rinda qayd etildi (8,69 Mbit/s).
Reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha Norvegiya (67,12 Mbit/s), simli internet bo‘yicha Singapur (184 Mbit/s) yetakchi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)