Nigeriyaning janubi-sharqidagi Abiya shtatida neft quvurining portlashi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nigeriya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
Hodisa neft quvuriga yetarlicha texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Agentlik koordinatori Evans Ugoning so‘zlariga qaraganda, hodisa yuz berganda mahalliy aholi bu haqda mahalliy hukumatni xabardor qilishning o‘rniga neft quvuridan oqib chiqayotgan neftni to‘plashga harakat qilgan. Bu ularning olov ichida qolishiga sabab bo‘lgan.
Hozirda neft quvurida qo‘riqlash xizmati kuchaytirilgan.
Izoh (0)