“Uzuklar hukmdori” va “King Kong” kabi blokbasterlarni suratga olgan rejissor Piter Jekson Birinchi Jahon urushi haqida “Ular qarimaydi” nomli hujjatli filmni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Filmga Londondagi Imperiya harbiy muzeyi arxividagi kadrlar — oq-qora tasmaga yozib olingan 100 soatdan ziyod tasvirlar asos qilib olingan. Jekson eski kadrlarni qayta tiklab, ularga rang berib, ovoz qo‘shdi — filmga Birinchi Jahon urushi 120 nafar faxriysining 1960-yillarda bergan intervyulari ham kiritilgan.
3D formatdagi ushbu film premyerasi 16-oktabr kuni London kinofestivalida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)