Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 nafar qizni urib yuborib, ulardan ikki nafari komaga tushib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shirin Normatovaning “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevga ma’lum qilishicha, avtohalokat natijada tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanishga yotqizilgan jabrlanuvchilar I.U. va X.U.larning ahvoli yaxshilangan.
“Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining mutasaddi vakillari har soatda bemorlarning holidan xabar olmoqda. Bugun jabrlanuvchilarning ikki nafari hushiga kelib gapira boshladi. Ular shifokorlarning doimiy nazoratida. Hozirda faqat jabrlanuvchi O.U.ning ahvoli og‘irligicha qolmoqda”, — deydi Shirin Normatova.
Qayd etilishicha jabrlanuvchilar yaqin qarindoshlarning (aka-ukalarning) farzandlari bo‘lgan.
Izoh (0)