O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ayni vaqtda ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11-oktabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri Ozarbayjon, Armaniston va Belarus respublikalarining vazirlar bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)