• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi yangi art-bezaklarning barchasi o‘zbek mentalitetiga mosmi?

    “Xalq so‘zi”da jurnalist Nazar Eshonqulning poytaxtda paydo bo‘layotgan art-bezaklar, dekorativ haykallarning qanchalik mentalitet va milliy didga mosligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari aks etgan maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari dunyo ahli e’tiborida. Shahar-u qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgaryapti. Shunisi ahamiyatliki, hududlarning obod, fayzli, zamonaviy bo‘lishi uchun barcha soha vakili astoydil intilmoqda. Buni shaharlarimizda paydo bo‘layotgan art-bezaklar, dekorativ haykallar, vektor-dizaynlar misolida ko‘rib turibmiz. Biroq, afsuski, ularning hammasini ham didimizga, mentalitetimizga, o‘zligimizga mos, deb bo‘lmaydi.

    Vatan ichra katta uyimizKeyingi oylarda Toshkentda paydo bo‘lgan yangi art-obyektlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Ularning azim kentimiz qiyofasiga mos tushmagani haqida tanqidiy mulohazalar bilan birga, “zamonaviylik”, “dunyo bilan bo‘ylashish” belgisi ekani to‘g‘risidagi fikrlar ham yangradi. Biz bu borada o‘z mushohadalarimizni bildirishga qaror qildik.

    Avvalo, yangi art-obyektlar haqida. Ularning ijodkorlari poytaxtimizga bugungi dunyo san’ati, arxitekturasidagi eng so‘nggi an’analarga suyangan holda o‘ziga xos modern manzara olib kirmoqchi bo‘lishmoqda. Bu intilish tahsinga sazovor. Ammo gap shundaki, ushbu art “asarlar” ham ruhan, ham ma’nan, ham semiotik, ham tafakkur nuqtayi nazaridan milliy mentalitetga xos emas. Aynan shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlarga ko‘ra, aksariyat kishilar bu “noyob” kompozitsiyalarni qabul qilolmayapti. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday asar, modern, postmodern, abstrakt yoki avangard usulida bo‘ladimi, milliy tafakkur tarziga, voqelikni milliy anglash holatiga asoslanmas ekan, u nafaqat biz, mahalliy aholi uchun, balki obyekt ijodkorlari ko‘zda tutgan shahrimizga kelayotgan mehmonlar uchun ham tushunarsiz va begona bo‘lib qolaveradi.

    Mamlakatimizga tashrif buyurayotganlar allaqachon ommaviylashib bo‘lgan usuldagi “art mahsulotlar”ni emas, balki milliy ruh, milliy tafakkur tarzi, milliy madaniyat unsurlari barq urib turgan, milliy dizaynga ega shaharlarni ko‘rishni istaydi. Ularga shu jihati qiziq. Bu —fakt! Shuning uchun ham kentlarimiz qanchalik milliy ruhda bezatilsa, ularda qanchalik milliy ruhdagi “art-obyektlar” ko‘p bo‘lsa, shuncha umuminsoniy, umumbashariy mazmun kasb etaveradi. Bu — san’atda ham, madaniyatda ham aksioma! Mazkur talabni tushunmaslik yoki mensimaslik, umuman san’atni va madaniyatni tushunmaslik bilan barobar.

    “Art-obyekt” mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, bizningcha, bu yerda xuddi ana shu narsa — milliy ruh, milliy semiotika ornamentlari yetishmayapti. Agar razm solsangiz, bironta manzarada milliy kolorit, milliy fikrlash mahsuli bo‘lgan chizgini ko‘rmaysiz. Vaholonki, o‘arbda paydo bo‘lgan modernizm uslubi ham o‘arb tafakkur tarzi ustiga qurilgan. Ayni sababdan ham bu usul ularga tushunarli, hazm va qabul qilish oson kechgan. Har qanday modern uslubdagi asarda g‘arb ruhiyati, xususan, qadim madaniyati ornamenti, belgisi, timsoli bilinib, ko‘rinib, asos bo‘lib turadi. Muhokama qilinayotgan art-obyektlarda esa buning aksini ko‘ramiz: fikrlash tarzi, ornamentlar bizga yot, begona. “Endi abstrakt tasavvur mahsuli-da”, deb o‘zimizni ovutmaylik, hatto kapalak tasviri ham bizga “yuqmaydi”. Afsuski, barcha sohani o‘ziga bo‘ysundirib olayotgan globallashuv milliy madaniyat, milliy an’analar, milliy muhitni yoki chetlab, yoki e’tiborsiz o‘tishni o‘rgatmoqdaki, shu jihati bilan milliy o‘zlik, milliy madaniyat, milliy qadriyatlarga daxl qilmoqda. Bu yerda ham ana shu jarayonning ta’siri sezilyapti.

    Xalqimizda “Chirog‘i yoniq uy” degan tushuncha bor. Buning tagida butun boshli qarashlar, udumlar, xalqimizning makon va maskanni muqaddas deb bilgan qadriyati tajassumi yotadi. Ajdodlarimiz “uy” deganda faqat boshiga pana bo‘luvchi inshootni tushunmagan: “uy”ga butun boshli tushunchalar, falsafalar, qadriyatlar, eng muhimi, e’tiqod ko‘zi bilan qarashgan. Xususan, boshpana faqat o‘zlari emas, balki ajdodlar, ota-bobolar ruhi, farishta va ilohlar ham yashaydigan, oilani yovuz kuchlardan, yovuz niyatlardan, yovuz ruhlardan asraydigan makon — katta olam ichidagi kichik olam, kichik ilohiy maskan deb tasavvur qilingan, shuning uchun ham muqaddas sanalgan. Tabiiyki, uydagi har bir bezak shu qarashdan kelib chiqqan, shu e’tiqodni namoyon qilib turgan. Zotan, Vatan eng katta uyimiz bo‘lsa, uning poytaxti — Vatan ichra katta uyimiz, mamlakatimiz, o‘zligimiz ostonasi, milliy madaniyatimiz, milliy tayanchlarimizni ko‘z-ko‘z qiladigan asosiy sahna.

    Qadriyatlarimizni ulug‘laylikYurtimizda qadimiy shaharlar juda ko‘p: Surxondaryodan tortib, Qoraqalpog‘istonu Farg‘onagacha bo‘lgan hududda yoshi 2000 — 3000 yillikka taqaladigan, tuproq ostida qolgan o‘nlab qadimiy kentlarimiz topilmoqda. Ular xalqimizning shaharsozlik madaniyati haqida yetarlicha ma’lumotlar beryapti. Muhimi, bu joylarning har bir g‘ishtidan tortib, koshinigacha ma’lum bir maqsad va hikmat bilan qo‘yilganiga amin bo‘lmoqdamizki, bu xil tarixiy maskanlarimiz ajdodlarimizning faqat iqtisodiy-me’moriy, ishlab chiqarish rivojini emas, balki tafakkur tarzi hamda ma’naviy sohada erishgan yutuqlarini, soddaroq qilib aytsak, iymon, e’tiqod, ezgulik va yovuzlik, hayot hamda abadiylik haqidagi qarashlarini ham ko‘z-ko‘z qilib turgani bilan ahamiyatlidir. Shaharlarimizdan topilgan semiotik osoriatiqalar ajdodlarimizning bizga moddiy ko‘rinishda qoldirgan hikmatlari va bitiklaridir.

    Semiotika ma’lum bir xalqning eng qadimgi va zamonaviy belgilarga muhrlangan timsollar tizimini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda, bu xil belgilar milliy o‘zlik, xususan, milliy tafakkur tarzi bilan bevosita bog‘liq. Ana shu jihatiga ko‘ra, Yu.Lotman, Ch.Pirs kabi faylasuflar ularni “milliy xususiyatlarni tashuvchi belgilar” ham deb atashgan. Shuning uchun milliy semiotika bugungi kunda shaharsozlik madaniyatining, shaharlar dizaynining ajralmas qismi, asosi bo‘lib qolmoqda.

    Milliy kashtachiligimiz, gilamdo‘zligimiz, do‘ppido‘zligimizdagi naqshu nigorlarning o‘ziyoq butun boshli semiotik ansamblni tashkil qiladi. Ularga ajdodlarimizning o‘lmas hikmatlari jo bo‘lgan. Xalq amaliy san’ati aslida harflarsiz yozuvlardir. Ularni o‘qish, anglash, zamonaviy iste’molga olib kirish davr talabi. Misol uchun, bodom guli ramzi o‘zbek do‘ppilarining asosiy bezagi. Aynan shu sayqalni Xitoyning “In”i hamda “Yan”i kabi ibtido va intiho, azal-abad uyg‘unligi tarzida sharhlovchilar bor. Yoki do‘ppimizdagi belgilarni kosmogonik qarashlar timsoli sifatida qabul qiluvchilar ham mavjud. Umuman, xalqimiz amaliy san’ati, naqsh-u nigorlari, osori-atiqalarining o‘zi bir kitob. Unda olam va odam haqida ko‘plab hikmatlar bor. Bu belgi hamda timsollarni tushunmaslik, bilmaslik, e’tibordan chetda qoldirish —ularning eskirib ketganini, mohiyati yo‘qolganini bildirmaydi. Aslida milliy naqshu nigorlar, osoriatiqalar, ya’ni semiotik belgilar milliy san’at, adabiyot, madaniyatning, jumladan, bugungi milliy shaharsozlik bezaklarining, dizaynining ham asosi sanaladi.

    Milliy ruh sezilib turishi zarurHar bir mehmon, ayni paytda shu yurt fuqarosi ham London manzaralarida ingliz, Rimda italyan, Tokioda yapon, Dehlida hind, Rio-de-Janeyroda portugal-ispan va hindularning qorishiq madaniyatini, Mexikoda meksikancha koloritni, ruhni his qiladi. Poytaxtlardagi har detal, har bir manzara, ko‘rinishning o‘ziyoq sizga shu mamlakat, o‘sha xalq haqida yetarlicha tasavvur beradi. Modern san’at va adabiyotda yetakchi bo‘lgan Parij hamda Madridda omma uchun o‘rnatilgan avangard haykallaru mahobatli san’at namunalarida ham shu davlatlarning milliy qiyofasi bo‘rtib turganini ko‘ramiz.

    Agar Pekinga borgan bo‘lsangiz, shaharning illyustrativ dizayni asosida Xitoy milliy qadriyatlari, urf-odatlari, mifologik va xalq qahramonlari, xalq og‘zaki ijodi obrazlari, amaliy san’at naqshu nigorlari, milliy semiotik belgilarning zamonaviy talqinlariga — interpretatsiyasiga duch kelasizki, modern, abstrakt, avangard manzaralarda ham Xitoy milliy ruhini his qilib turasiz.

    Istanbulda art-obyektlarni qo‘yib turaylik, hatto dunyoning ishlab chiqarish standartiga to‘liq bo‘ysundirilgan sim-yog‘ochlaru chiroqlar ham turkiy xalqlar, jumladan, turk xalqining azaliy madaniyati, azaliy qarashlari, ildizlarini namoyon etib turadi. Bu shahardagi art-kompozitsiyalar ham qadimgi semiotik belgilar, naqshlarning zamonaviy talqinidan iborat. Oddiy bir chizgisi ham o‘zining turk madaniyatiga daxldor ekanini eslatib, turkiyaliklarga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

    Gonkong esa xitoy fenshuyi — “shamol va suv” uyg‘unligi shaklida qurilgan. Keyingi yuz ellik yilda qanchalik g‘arblashmasin, u har bir manzarada o‘zining sharqona qiyofasini, dizaynini, manzarasini saqlab qolgan.

    Bu sanoqni xohlagancha davom ettirish mumkin. Faqat bu sanoqda bizning shaharlarimiz, xususan, bosh kentimiz — Toshkent ham turishini istaymiz.

    Yana o‘sha art-obyekt haqida...Art-obyektdan mustahkam joy olgan yurak timsoli bir paytlar sho‘ro tuzumi yoshlarining “erkin muhabbat” ramzi edi: uni daraxtlarga, daftarlarga, simyog‘ochlarga o‘yib yozishardi.

    Bu timsol, aslida, avliyo Valentin kuni timsollari bilan chambarchas bog‘liq. Biz Valentin kunining, umuman, bu xil “muhabbat izhorlari”ning milliy mentalitetimizga yot ekanini gapirib, targ‘ib qilayotganimizda shahrimizdan tashviqotimizga, qolaversa, mafkuraviy siyosatimizga zid bo‘lgan art-kompozitsiyalar joy olayotganiga nima deysiz? Bir kunda bu “yuraklar” ostidan Valentin kuni ruhini boshdan kechirib, nechta yigit-qiz o‘tadi, ulardan qanchasining ko‘ngliga bu “yurak” o‘z ta’sirini o‘tkazadi ekan?

    Faqat bu emas, boshqa art-kompozitsiyalar ham milliy tafakkur tarzimizdan uzoq, ularni ko‘rganda yo hech narsa tushunmaymiz yoki bizga yotligini bildirib turgan manzaradan dilxiralik uyg‘onadi. Holbuki, shaharsozlikda bu xil art-kompozitsiyalar yoshlarda, umuman, fuqarolarda Vatanga, millatga, xalqqa, uning madaniyatiga, ona shahriga muhabbat va g‘urur uyg‘otishi, insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, millatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishi, eng asosiysi, omma uchun birdek tushunarli bo‘lishi kerak. Kommunikatsionlik — shahar bezaklari, umuman, shahar madaniyatining birinchi talabi. Bunga javob bermagan asarlarni, qanchalik ohanraboli, qanchalik badiiy, qanchalik chuqur mazmunli bo‘lmasin, yaxshisi ko‘rgazmada yoki muzeyda ko‘rgan afzal.

    Xo‘sh, nega shahrimizni bezashda milliy asoslarimizga — milliy merosimizga murojaat qilmay, viqor va go‘zallikni boshqa yerdan izlayapmiz? Buning uchun nima kerak? Aslida, ko‘p narsa kerak emas. Bor-yo‘g‘i milliy madaniyatdan, milliy semiotikadan xabardorlik, vatanparvarlik, o‘z tarixi, o‘z madaniyatidan g‘ururlanish xohish-istagi! Shu xolos! Bu borada bizga amaliy san’atimiz naqshu nigorlari, ornamentlari, xalq og‘zaki ijodi qahramonlari, mifologik obrazlar, eng muhimi, bugun muzeylarni bezab turgan qadimgi shaharlarimiz osoriatiqalari, umumlashtirib aytganimizda, milliy semiotikamiz hamisha madadga tayyor turibdi.

    Milliy belgilarimiz, timsollarimizni zamonaviy ko‘rinishda, bugungi shaharsozlik talabi bo‘lgan modern talqinda shaharlarimizning vizual va illyustrativ manzaralariga tatbiq etishimiz mumkinmi? Mumkin, albatta. Bu bilan biz ko‘p narsa yutamiz. Jumladan, shahrimizga tashrif buyurganlarga milliy madaniyatimizni targ‘ib qilgan bo‘lamiz, Vatan madaniyatidan iftixor tuyg‘usini kuchaytiramiz, yoshlarning milliy semiotikamiz timsollariga yashiringan oila, uy, Vatan, olam, odam haqidagi hikmatlarni anglashlariga, qolaversa, milliy madaniyat, milliy muhit, ya’ni milliy o‘zlik ruhida tarbiyalanishiga beqiyos xizmat qilgan bo‘lamiz.

    11.10.2018, 16:39   Izoh (0)   27895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UNICEF: “Qiz bola. U baxtli bo‘lish uchun tug‘ilgan”

    11.10.2018, 16:26

    Namanganda qarovsiz qoldirilgan Lacetti’dan 3 milliondan ortiq pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

    11.10.2018, 16:14

    Toshkent viloyati bojxonachilari 212 dona zargarlik buyumlarini to‘xtatib qoldi

    11.10.2018, 16:04

    Toshkentda metro harakati to‘xtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” UK korxonasi esa bundan bexabar

    11.10.2018, 15:54

    O‘zbekiston tibbiyot olimlari umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratdi

    11.10.2018, 15:52

    Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi bo‘lib o‘tadi

    11.10.2018, 15:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonda rasmiy kutib olindi (foto)

    O‘zbekiston | 9 iyun, 12:00

    Dunyodagi eng boy inson Jeff Bezos va Loren Sanchesning nikoh marosimi bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 5 hashamatli mehmonxona

    Layfstayl | 9 iyun, 11:38

    Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:18

    Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:09

    Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab, jahon rekordini o‘rnatdi

    Kino | 9 iyun, 11:04

    FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

    Sport | 9 iyun, 10:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 10-iyun kuni yomg‘ir yog‘adi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.