Rossiya prezidenti Vladimir Putin keyingi hafta O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif yakunlariga ko‘ra katta miqdorda hujjatlar paketi imzolanadi hamda AES qurilishiga start beriladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
“Keyingi hafta bo‘lib o‘tadigan Toshkentga rasmiy tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan jiddiy muzokaralar bo‘lib o‘tishiga umid qilamiz. Ularning yakunlariga ko‘ra katta miqdorda qo‘shma hukumatlararo va tijoriy hujjatlar imzolanadi”, — dedi Putin chet el elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiyaning strategik sherigi va ittifoqchisi bo‘lib, hamma sohada ikki tomonlama aloqalar kuchaymoqda.
Izoh (0)