Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokarada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Izoh (0)