Rossiyalik olimlar hukumatga “Fan” milliy loyihasi to‘rt metrli teleskop qurilishini kiritishni taklif qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiya FA Maxsus astrofizika observatoriyasi direktori Valeriy Vlasyuk jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bu haqda ma’lum qildi.
“Mamlakat uchun to‘rt metrli toifadagi yangi teleskop qurish borasida suhbatlar olib bormoqdamiz, bu hozirgi optik sanoatimiz uchun amalga oshirsa bo‘ladigan ish. ‘Fan’ milliy loyihasi tarkibi muhokama qilinmoqda, biz bunday instrument uning ichiga kirishiga umid qilmoqdamiz”, — dedi Vlasyuk.
Izoh (0)