Portugaliya poytaxti Lissabonga yaqin Sintra va Kashkaysh munitsipalitetlarida keng miqyosli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qutqaruv ishlariga 700 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, yettita samolyot-amfibiya, 200 dan ortiq texnika birligi jalb qilingan.
Yaqin atrofdagi bir qancha qishloqlar aholisi olov tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Jami 350 kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)