Afg‘oniston markazidagi Vardak viloyatida “Tolibon” radikal harakat jangarilari amalga oshirgan hujum oqibatida yetti nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar orasida Sayidobod tumani politsiyasi rahbari ham bor.
Viloyat hokimi Abdulrahmon Mangalga ko‘ra, jangarilar Sayidoboddagi nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘qqa tutgan. Qarshi hujum chog‘ida kuch tuzilmalari xodimlari bir qancha jangarilarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ularning aniq soni ma’lum emas.
Hozir tuman milliy mudofaa kuchlari nazorati ostiga olingan.
Izoh (0)