Toshkentda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Xitoyning Shandong Guantong Silkworm Eggs kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Memorandumga asosan, mazkur kompaniya bilan mamlakatda pillachilik tarmog‘ining ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritish, ipak qurti ishlab chiqarish hamda ipakchilik va tutchilik yo‘nalishlarida hamkorlikda ish yuritish uchun qo‘shma korxonalar tashkil etish, super elita ipak qurti urug‘larini Xitoydan O‘zbekistonga olib kirishda ko‘maklashish, yangi sifatli zotlarni yaratishda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda, shuningdek, kompaniya va Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi ipakchilik korxonalari o‘rtasida kelishuv bayonnomasi tuzildi.
Unga ko‘ra, mazkur viloyatlarda 2019—2021-yillarda har biri 20 ming qutidan 150 ming qutigacha ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega qo‘shma korxonalar barpo etiladi. Kompaniya vakilining aytishicha, shu va boshqa yirik loyihalar uchun 30 million dollar investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)