2018-yil 3-oktabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida joylashgan dala maydonida o‘zaro janjal sababli tanishi Bahor mahallasi Bolta-1 qishlog‘ida yashagan A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada A.S. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. B.E. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)