Qozog‘istonning Jambil viloyati Olmaota shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yaqinlari 2009-yildan beri izlayotgan 1990-yil 3-sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi N.X.Soipov topildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Diplomatik vakolatxona so‘rovi bo‘yicha Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv tadbirini o‘tkazdi. Shundan so‘ng N.Soipovning manzili aniqlandi.
N.Soipovga zaruriy ruhiy-psixologik yordam ko‘rsatildi hamda O‘zbekistonga qaytish imkonini beruvchi sertifikat topshirildi.
Hozirda fuqaro qarindoshlari bilan O‘zbekistonga qaytmoqda.
Izoh (0)