• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Qashqadaryoda insulin yetkazib berishdagi muammolar barham topadimi?

    Prezidentning 2017-yil 2—3-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida yangi sanoat korxonalarini barpo etish, xususan, dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish xususida qator topshiriqlar berilgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat rahbari ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Trastbank” moliyaviy ko‘magi asosida Andijonning Xartum qishlog‘ida “Zamin Bio Health” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Markaziy Osiyoda yagona insulin dori vositasi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Markaziy Osiyoda yagona bu zavod asosan insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 10 million flakon dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bu korxonani bugun ko‘pchilik biladi.

    Shu paytga qadar insulin O‘zbekistonga xorijdan keltirilgan. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayib, valyuta tejalib, qolaversa, narxi ham pasayadi, deb yozishgandi ekspertlar. Masalan, hozirgi paytda bir ampula insulinning bozor narxi 36 ming so‘m bo‘lsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming so‘mdan yetkazib berishi mumkin ekan. Xo‘sh, mamlakatda insulin zavodi bor ekan, unda nega qandli diabet kasaliga chalingan bemorlarga davlat hisobidan bepul tarqatilishi lozim bo‘lgan insulin dorisi joylarda, xususan, Qashqadaryoning Qamashi tumanida taqchillashib qoldi?

    Bu muammo haqida “Daryo”ga qamashilik qandli diabetga chalingan bemorning farzandi xat yo‘lladi. O‘z ismini oshkor qilishni xohlamagan maktab o‘qituvchisining so‘zlariga ko‘ra, uning qaramog‘idagi otasi ko‘p yillardan beri qandli diabetning og‘ir turidan aziyat chekib kelmoqda. Faqat bir o‘qituvchi maoshiga yashaëtgan oilada insulin yo‘qligi ortidan qator muammolar yuzaga kelgan, deya xabar beradi jurnalist Abduvohid Ahmedov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Uch oydan beri Qamashida insulin inyeksiyasi berilmayapti. Avvallari cho‘zib, kechiktirib bo‘lsada, berishardi. Endi uch oy o‘tsada, otam insulin dorisini ololmayapti. Insulin olaman deb kasalxonaga borib, kuni bilan dori kutib, ahvoli battar bo‘lyapti. Hozir og‘ir ahvolda kasalxonada ëtibdi. Farzandlari, ya’ni biz doriga qanday pul topishni bilmay qoldik¸ — deydi insulin tashvishida yurgan o‘qituvchi.

    Har oyda aptekadan 30-35 ming so‘mga insulin sotib olishga qurbi yetmasligini aytadi u. “Otam bir kun insulinsiz qolsa¸ o‘lib qolishi mumkin, shuning uchun ro‘zg‘ordagi mol - holni sotib bo‘lsa ham unga dori olishga majburmiz” der ekan, insulin taqchilligiga sog‘liqni saqlash idoralarida o‘tirgan mutasaddilar mas’ul ekanini aytadi.

    Tuman bo‘yicha insulin tarqatish uchun mas’ul poliklinika vrach endokrinologi bunday da’volarni rad etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Qisman uzilish bo‘ldi, 5-10 kunga. Viloyatdan qancha insulin berilsa, biz ham hisob-kitob bilan shuni tarqatamiz. Hammasi kirim-chiqim kitobida ëziladi. Insulin oluvchilarimizga dori kelishi bilan xabar beramiz va bir-ikki kun ichida bemorning o‘zi yoki uning vakili kelib, qo‘l qo‘yib olib ketadi. Insulin tekinga beriladi. Agar boshqa joylarda kechiktirilayotgan yoki sotilayotgan bo‘lsa, bundan aslo xabarim yo‘q, — deydi poliklinika vrach-endokrinologi O‘rol Tog‘ayev.

    Qamashi tumanida rasman ro‘yxatga olingan 256 nafar insulin oluvchi bemorga insulin inyeksiyasini tarqatish uchun mas’ul poliklinika bosh vrachi Eshmamat Eshonqulov joriy yilning 3-iyulidan 17-sentabriga qadar insulin inyeksiyasi berilmaganini e’tirof etdi.

    — Iyul oyi hisobidan bizga insulin kelmadi. Bizga viloyatdan bersa, uni tarqatamiz bemorlarga. Poliklinikada 328 nafar qandli diabetga chalingan bemor ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 256 nafari insulin inyeksiyasi va 70 nafari insulin tabletkasi olib turadi. Oxirgi insulinni iyul oyining boshida tarqatib bo‘lganmiz. 4-iyuldan bemorlarga dori berganimiz yo‘q edi, 17-sentabrdan beri tarqatyapmiz, — deydi O‘rol Tog‘ayev.

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, insulin so‘rab kelgan bemorlarga uzilishning qanchaga cho‘zilishi noma’lum ekani tushuntirilgan va ularga bu dorini qaysi aptekadan olishlari to‘g‘risida tavsiyalar berib borilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ro‘yxatga olingan bemorlarga bepul berilishi ko‘zda tutilgan insulinning taqchillashgani sabablariga oydinlik kiritish maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘landik. Mutaxassis Shokir Jo‘rayev insulin dorisini olish muammosi bo‘lganini tan oldi. “Bu kamchilik bugungi kunda bartaraf etilgan. Yil oxirigacha yetarli insulinimiz bor. Bemorlarimiz qiynalmasdan o‘zlari biriktirilgan tibbiyot birlashmalaridan olishlari mumkin”, deya ta’kidladi Shokir Jo‘rayev.

    Qandli diabet mamlakatda davlat hisobidan davolaniladigan kasalliklar ro‘yxatiga kiradi va joylardagi sog‘liqni saqlash tizimlari bepul insulin olishi lozim bemorlarni aniqlash va ularga dori tarqatish uchun mas’ul. Biroq joylarda, yuqoridagi kabi, insulin olishda uzilishlar kuzatilmoqda.

    04.10.2018, 23:30   Izoh (0)   11016
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar Milan moda haftaligida ishtirok etdi

    04.10.2018, 23:15

    O‘zbekiston ShHT hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

    04.10.2018, 23:00

    Yashash joyidan beriladigan ma’lumotnomalar bekor qilindi

    04.10.2018, 22:21

    Yurib ketishiga umid qilayotgan shoira qiz yoxud Baxtinisoga baxt beraylik!

    04.10.2018, 20:32

    Toshkentda vaqtinchalik propiskani bir kunda olish mumkin bo‘ldi

    04.10.2018, 19:50

    Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi (video)

    04.10.2018, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.