“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Moskva shahriga bajariladigan barcha qatnovlari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o‘tkaziladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur tartib joriy yil 28-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
Parvozlar Boeing va Airbus havo laynerlarida o‘zgarishsiz, avval tasdiqlangan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Izoh (0)