Namangan garnizonida joylashgan dala o‘quv maydonlarining birida zamonaviy majmuaviy taktik mashg‘ulotlar davomida merganlar kuduzgi va tungi mashqlarda nishonlarni yakson qilish bo‘yicha yangicha uslublarda o‘q otishni qo‘llashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar juftlik va uchlik guruhlarga bo‘lingan holda merganlik qurollari yordamida tezkor harakat qilib nishonlarga talofat yetkazdi.
O‘q otish mashqlarini amalga oshirish joyida mashg‘ulot rahbari harbiy xizmatchilarning harakatini nazoratga olib, otish korrekturasi va nishonlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berib bordi.
Shuningdek, tungi sharoitda ham taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tungi mashg‘ulotlarda harbiylar tajribalariga tayanib, uzoq va yaqindagi nishonning belgilangan qismiga jiddiy talofat yetkazdi.
Merganlarning guruh tarkibidagi bexato xatti-harakatlari yuqori baholanib, shaxsiy tarkibga namuna sifatida e’tirof etildi.
Izoh (0)