Suriyaning Iordaniya bilan chegarasidagi “Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qaytadan boshladi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Suriya hukumati bugun tongda Iordaniyadan kelayotgan yuk tashuvchi mashinalar va tranzit transport vositalari uchun ‘Nasib’ nazorat-o‘tkazish punktini ochdi”, — dedi Suriya transport vaziri Ali Hamud.
“Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti 2012-yili jangarilar tomonidan egallab olingan edi. Bu holat Suriya va Iordaniya o‘rtasidagi transport qatnovining izdan chiqishiga sabab bo‘lgandi.
Suriya rasmiylari 2018-yil iyulida nazorat-o‘tkazish punkti bilan yonma-yon joylashgan Der’a viloyatida hukumat nazorati o‘rnatilishi borasida qurolli muxolifat bilan kelishuvga erishdi.
Xuddi shu iyul oyining o‘zida nazorat-o‘tkazish punkti ham Suriya hukumat kuchlari nazoratiga o‘tgan edi.
Izoh (0)