Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik yuqori darajada olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“O‘zbekistonga tashrifga tayyorgarlik o‘ta yuqori darajada olib borilmoqda. Biz bu haqda tegishli bayonotlarni e’lon qilamiz”, deb ta’kidlagan Peskov jurnalistning joriy yil oktabr oyida mamlakatga amalga oshiriladigan tashrif haqidagi savoliga javoban.
Oldinroq Tashqi savdo vazirligi Mirziyoyev va Putinning uchrashuvi Toshkentda 18—19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi. Tashrif doirasida ikki davlatning ilk mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi.
Izoh (0)