Yulduz Omarbekova Qozog‘iston jamoat rivojlanishi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.
1983-yilda Olmaotada tug‘ilgan Yulduz Forobiy nomli milliy universitetni tamomlagan. U 1999-yilda “Qozog‘iston go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqandi. O‘sha paytda ham “Oltin yurak” umummilliy mukofoti tashkiliy qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritayotgandi.
Yu. Omarbekova vazir o‘rinbosari lavozimini egallaguncha “Nur Otan” partiyasining Olmaota shahar bo‘limi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)