1-sentabrdan 25-sentabrga qadar GM Uzbekistan avtomobillariga tuzilgan 10 181 ta ariza bekor qilindi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Hurmatli xaridorlar, ‘O‘zavtosanoat’ AJ joriy yilning 1-sentabridan 25-sentabriga qadar GM Uzbekistan avtomobillari uchun qoldirilgan 10 181 ariza bekor bo‘lganini ma’lum qiladi. Shulardan, Captiva avtomobili uchun — 314 dona, Cobalt — 765 dona, Damas — 2 514 dona, Lacetti — 409 dona, Malibu — 2 309 dona hamda Matiz — 2 171 dona ariza.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining so‘nggi haftasida GM Uzbekistan savdo tizimida 6 393 dona soxta ariza qoldirilgani aniqlandi va ular tizimdan o‘chirildi.
Biz ko‘rsatayotgan xizmatlarimizni takomillashtirishda davom etamiz.
Sabringiz va hamkorligingiz uchun minnatdormiz!” — deyiladi xabarda.
Izoh (0)