Toshkent davlat stomatologiya institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyevning 4-iyundagi “2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qator tibbiyot oliy o‘quv yurtlari qatori Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham stomatologiya va bolalar stomatologiyasi yo‘nalishlarida davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 65 ta maqsadli qabul qvotalari ajratildi. Test sinovlari natijasida 2018/2019-o‘quv yilida 1-kursga 357 nafar talaba qabul qilindi.
Tadbirda institutning 1-kurs talabalari talabalik qasamyodini qabul qildi.
Izoh (0)