“Xalq so‘zi” gazetasi bo‘lim muharriri lavozimida ishlab kelayotgan Maqsud O‘roqovich Jonixonov “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Bosh muharriri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Maqsud Jonixonov O‘zbekistonning yetakchi jurnalistlaridan biri. U faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh jurnalistlarni rag‘batlantiruvchi maxsus mukofoti sohibi (2003-yil);
“Oltin qalam” xalqaro mukofoti sohibi (Matbuot yo‘nalishida 1-o‘rin, 2009-yil);
Yilning eng faol jurnalisti (2006-yil);
“Shuhrat” medali sohibi (2013-yil);
Xalq ta’limi a’lochisi.
Izoh (0)