Tanzaniyada Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi kemasining halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 225 kishiga yetdi. Bu haqda shahar politsiyasi komissariga tayanib, Citizen mahalliy gazetasi xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq 209 kishi halok bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Nashrga ko‘ra, 22-sentabr kuni kechqurun yana to‘qqiz nafar halok bo‘lganning jasadi topilgan, yana yetti nafari 23-sentabr, yakshanba tongida topilgan.
Kema 20-sentabr kuni Yukora orolidagi prichaldan 50 metr masofada ag‘darilib ketgan. Halokatga kema boshqaruvchisining juda keskin burilishi sabab bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)