Qirg‘iziston poytaxtida “Ma’naviy ipak yo‘li: Buyuk insoniy qadriyatlar va zamonaviy tahdidlar” nomli xalqaro anjuman boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegatsiya mazkur anjumanda qatnashmoqda.
Muftiy dastlab anjuman dasturidan o‘rin olgan Bishkek shahridagi “Abu Bakr Siddiq Musaxon to‘ra” jome masjidining ochilishi marosimida ishtirok etdi va mezbonlarni ushbu voqea bilan qutladi.
Tadbirda Rossiya muftiylar kengashi raisi o‘rinbosari Damir hazrat, Qozog‘iston bosh muftiysi Serikbay O‘raz, Qirg‘iziston bosh muftiysi Maksatbek Toktomushev, Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda, Litva muftiysi Yakubauskas Romas va boshqa mehmonlar qatnashdi.
Mehmonlar ushbu masjidda asr namozini ado etdi.
Izoh (0)