7-sentabr kuni Buxoro shahri aholisi 2 ta yangi savdo hududiga ega bo‘ldi. Korzinka.uz DISKONT (Buxorodagi 2-supermarket) hamda FLO multibrend poyabzallar do‘konining ochilishi yaqin atrofdagi xonadonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Supermarket ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ta’kidlaganidek, zamonaviy savdo hududlarining ishga tushirilishi aholi uchun qulaylik yaratibgina qolmasdan, savdo madaniyatining oshishiga xizmat qiladi. Kelgusida mahalliy aholi uchun bundanda ko‘proq sharoitlar yaratilishi va’da qilindi.
Sho‘x milliy taronalar, mazali shirinliklar va quvnoq muhit hamohangligida o‘tgan ochilishlar barobarida xaridorlar mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublika bo‘yicha tarmoqning jami 40 ta do‘konlari faoliyat yuritmoqda.
Buxoro shahridagi FLO poyabzallar do‘koni brendning O‘zbekistondagi ikkinchi do‘koni sanalib, unda Kinetix, Polaris, Torex, Butigo, Art Bella, Panama Club, US Polo Assn, Lumberjack, Dockers By Gerli, Garamond kabi Turkiya va Yevropa brendlarining poyabzallari taqdim etilgan. 7, 8, 9-sentabr kunlari ochilish munosabati bilan 1+1 aksiyasi amal qildi. Bunda xaridorlar 1 juft poyabzal xarid qilib, ikkinchi juftini tanlab bepul olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)