Transport vositalarini boshqarish va tasarruf etishga vakolatlarni rasmiylashtirish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirishlar muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda Norma’da ma’lum qilindi, deb yozadi Uz24.
Hujjatda 2001-yildan amal qilayotgan quyidagi ikkita taqiqni bekor qilish taklif etilmoqda:
- avtomototransport vositalariga nisbatan vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirishga bo‘lgan taqiq — ayni paytda bu ishonchnoma bo‘yicha jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan transportni boshqaradigan har bir shaxsga ishonchnoma faqat mulkdor tomonidan beriladi;
- O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan shaxslarga avtomototransport vositalari ijara shartnomalarini notarial rasmiylashtirishga bo‘lgan taqiq — bu taqiq bo‘yicha ayni paytda chet ellik fuqarolar avtomobillarni ijaraga ololmaydi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh (0)