Jangarilar va ularning G‘arbdagi ittifoqchilari Suriya armiyasi tomonidan go‘yoki “kimyoviy qurol” qo‘llanilishi bilan bog‘liq sahnalashtirilgan provokatsiyani tayyorlamoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rais o‘rinbosari Yuriy Shvitkin ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Suriyada dushman tomonlarni yarashtirish Rossiya markazi 11-sentabr, seshanba kuni ma’lum qilishicha, Idlib aholisidan kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda Suriya armiyasi tomonidan go‘yoki “kimyoviy qurol” qo‘llanilishini aks ettiruvchi sahnalashtirilgan provokatsiyaning syomkalari boshlangan.
Jisr-Esh-Shugurda syomkalarni o‘tkazish uchun tongda Yaqin Sharqning bir nechta telekanallari, shuningdek, Amerikaning yetakchi yangiliklar telekanali hududiy filialining suratga olish guruhlari yetib kelgan.
“Aynan IShID terrorchilari o‘zlarining G‘arbdagi hamkorlari bilan sahnalashtirilgan kadrlarni tayyorlayotganligiga ishonchimiz komil. Ular bunda keyinchalik Suriya Arab Respublikasi hukumat kuchlarini ayblashadi. Biroq, mazkur ma’lumotlarni albatta tekshirish zarur”, — dedi Shvitkin.
Izoh (0)