• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Karlush Keyrush: O‘zbekiston termasida ish boshlashim mumkinmidi? Buni izohsiz qoldiraman

    FIFA kunlari doirasda bugun, 11-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. “Championat.asia” nashri eronliklar ustozi Karlush Keyrush bilan intervyuni taqdim etdi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    — Jahon chempionatidan so‘ng hayotingizda nima o‘zgardi?

    — Katta o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Men har doim yaxshi murabbiy bo‘lishni xohlaganman. Jahon chempionatidan oldinmi yo keyinmi buning farqi yo‘q. Men oxirgi yillarda faqat eng yaxshi murabbiy bo‘lishga harakat qilyapman.

    — Eron garchi Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagan bo‘lsa-da, musobaqada yaxshi ishtirok etdi. Muvaffaqiyatning asosiy siri nimada?

    — Oddiy qilib aytganda, qattiq mehnat va to‘g‘ri ishlashda. Biz vaqtdan unumli foydalandik va deyarli har kuni dam olishsiz mashg‘ulot o‘tkazdik.

    — Jahon chempionatidan oldin qanday xayolda edingiz?

    — Ko‘pchilik bizga ishonmagandi. Chunki mundial paytida odamlarning xayoli boshqa jamoalarda bo‘ladi. Lekin biz ishlashda davom etdik. Kishini xursand qilgan jihati, Jahon chempionati biz uchun muvaffaqiyatli kechdi va endi bemalol Osiyo Kubogi haqida o‘ylasak bo‘ladi.

    — JChdan oldin natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar Eronni tark etaman degandingiz.

    — Yo‘q, men bunday demaganman. Balki jurnalistlarning o‘zi to‘qib yozgan bo‘lishlari mumkin.

    — Osiyo Kubogi-2019 da g‘olib chiqish asosiy maqsadingizmi?

    — Ha. Biz bu musobaqaga faqat g‘alaba uchun boramiz. Eron oldida bundan boshqa yo‘l yo‘q.

    — Qishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashganmisiz?

    — Bu savolni izohsiz qoldiraman.

    — O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish bo‘yicha rasmiy taklif bo‘lganmi?

    — Matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, bu kabi savollarni ochiq qoldiraman.

    — Mayli, boshqa savolga o‘tamiz. Shu paytgacha O‘zbekistonga qarshi oltita o‘yin o‘tkazgansiz. Shundan to‘rttasi rasmiy va ikkita o‘rtoqlik. Qaysi uchrashuv ko‘proq yodingizda qolgan?

    — Menda O‘zbekiston bilan har doim iliq xotiralar qolgan. Lekin eng katta darsni 2012-yil Tehronda bo‘lib o‘tgan o‘yindan olganman. O‘shanda biz 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygandik.

    — Qaysi g‘alabani ko‘proq eslab turasiz?

    — Barchasini. Chunki g‘alaba kishiga zavq bag‘ishlaydi, muxlislar ham xursand bo‘ladi.

    — Eronning navbatdagi raqibi O‘zbekiston terma jamoasi deyilganda xayolingizga nimalar keladi?

    — Men xoh O‘zbekiston, xoh boshqa jamoa bo‘lsin raqib deganda faqat rasmiy o‘yinlarni tushunaman. Qolgan payt bizlar o‘rtoqlarmiz. Toshkentga ham raqib sifatida emas, balki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘ynash uchun kelganmiz.

    — O‘zbekistonda qaysi futbolchilarni alohida ko‘rsata olasiz?

    — Sizlarda yaxshi futbolchilar ko‘p. Masalan, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov... Terma jamoangizga qarshi o‘ynash oson emas. O‘zbekiston — Osiyoda men eng yaxshi ko‘rgan jamoalardan biri.

    — Terma jamoamizga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz?

    — Birinchi navbatda jiddiy va hurmatga sazovor raqib. Chunki sizlarda yaxshi o‘yinchilar bor, shuningdek, jamoa futbol o‘ynashni biladi. O‘zbekistonni tartibli futbol o‘ynaydigan jamoa deb hisoblayman.

    — Hayotda va futbolda siz uchun eng muhim narsa nima?

    — Hurmat. Nima ish qilishingdan qat’i nazar hammani hurmat qilishing kerak.

    — Nima deb o‘ylaysiz, Sardor Azmun Osiyo Kubogiga qadar terma jamoaga qaytadimi?

    — Ishonchim komilki, agar o‘sha paytgacha terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lsam, Azmun, albatta, qaytadi. Men uni qaytarish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

    — 2012-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Eron uchrashuvi yodingizdami? O‘shanda jamoangiz 90+4-daqiqada gol urib yutib ketgandi. Yaponiyalik hakam bizning golimizni hisoblamagandi.

    — Ko‘p o‘yinlar doim esimda qoladi. Men hatto kichik epizodlargacha eslashga harakat qilaman.

    — O‘sha o‘yinda terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan biroz tortishib qolgandingiz.

    — O‘yin payti hamma narsa bo‘lishi mumkin. Lekin men har doim o‘z hamkasblarimni hurmat qilaman. Futbolda ikkala jamoa ham yutish uchun o‘ynaydi. Biz faqat o‘yin payti raqiblarmiz, bahs yakuniga yetgach yana do‘st bo‘lib qolaveramiz.

    — Oxirgi savol. Bu yilgi Jahon chempionatida tarixda birinchi marta Osiyodan beshta jamoa qatnashdi. Lekin faqat Yaponiya guruhdan chiqa oldi. Osiyoda futbol sekin o‘syaptimi?

    — Buni bir so‘z bilan harakatsizlik, ya’ni bir joyda turib qolish degan bo‘lardim. Osiyoda futbol na ko‘tarilyapti, na pastga tushyapti. Biz doim bir xil xatolarni takrorlash biland bandmiz. Yevropa ancha yuqorilab ketdi, lekin Osiyo bilan Afrika futboli hamon uyquda.

    11.09.2018, 15:24   Izoh (0)   19247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    150 ming dollarlik musobaqada g‘olib bo‘lgan Denis Istomin ATP reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

    11.09.2018, 12:08

    Bugun futbol: Kuper boshliq O‘zbekiston Keyrush qo‘l ostidagi Eronga qarshi jang qiladi

    11.09.2018, 10:24

    Pepe futbol tarixiga kirdi

    11.09.2018, 10:13

    Rafael Varan yozda “Real”ni tark etishi mumkin

    11.09.2018, 10:02

    Millatlar Ligasi. Portugaliya Italiyani mag‘lub etdi, Shvetsiya o‘z uyida Turkiyaga yutqazib qo‘ydi (video)

    11.09.2018, 06:49

    Ko‘pkari bo‘yicha birinchi Jahon chempionati 2019-yilda O‘zbekistonda bo‘ladi

    10.09.2018, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.