Fransiyalik himoyachi Rafael Varan yozda “Real”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Diario Gol nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi “Qirollik klubi”ni tark etib, “Manchester Yunayted” safiga borib qo‘shilishni xohlamoqda. Bunga sabab sifatida jamoaga Varanning sobiq ustozi Zinedin Zidanning bosh murabbiy sifatida olib kelinishi ko‘rsatilmoqda. Ayni damda klub rahbariyati va muxlislar Joze Mourinyoning ishidan qoniqish hosil qilmayapti.
Yozda “Real”ni tark etgan Zinedin Zidan esa hozirda ishsiz. Fransuz yaqinda murabbiylik faoliyatiga qaytishini e’lon qilgandi. Ma’lumot uchun, Rafael Varanni aynan Zidanning o‘zi “Lill” klubidan Madridga olib kelgan edi.
Izoh (0)