Turkiyaning Istanbul shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Musobaqada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Misr, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Kiprdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etdi.
2005-yilda tavallud topgan tennischilar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Maqsud Rustamov finalgacha yetib borib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Sayyora Abduhalilova chorak finalda o‘z yurishini to‘xtadi.
Izoh (0)