Bugun, 6-sentabr kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Kuperning dastlabki o‘yinida O‘zbekiston Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yinga Toshkentdagi “Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadioni mezbonlik qiladi. Bahs 20:00 da boshlanadi.
Uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam Chorimurod Qurbonov unga qanotlarda Polvon Polvonov va Ahmet Beknazarovlar yordam beradi.
Suriya termasi bugun qizil, O‘zbekiston esa oq-ko‘k libosda maydonga tushadi.
O‘rtoqlik bellashuvi
6-sentabr, payshanba
Izoh (0)