“Real”ning braziliyalik himoyachisi Marselo jamoaning yangi a’zosi 18 yoshli Vinisius Junior haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.
Vinisius — yosh bola. “Real”ga kelganimda endigina 19 yoshda edim. O‘shanda o‘zimni kattalardek his qilganman, bir hozir ortga nazar tashlaydigan bo‘lsa, o‘zimning yosh bola bo‘lganimga guvoh bo‘laman. U hali o‘rganishi va eng yaxshi o‘yinchilarni eshitishi lozim. Serxio Ramos, Kazemiro va men u bilan suhbatlashib turamiz. U “Real”da 100 foiz muvaffaqiyatga erishadi, ammo hozir u yosh bola.Marselo, himoyachi
Shuningdek, Marselo madridliklar safini tark etmasligini bildirdi.
Men Madridda baxtliman. Odamlar qanday holatda ekanligimni yaxshi biladi: ko‘p yillik shartnomam bor va bu yerda ekanligimdan juda baxtliman. Bu men uchun dunyodagi eng zo‘r klub va doim uning uchun to‘p surishni xohlayman. “Real”da ko‘p yillar to‘p surishni istardim. Hozir 18 yoshda bo‘lgan paytimga qaraganda o‘zim haqimda ko‘proq qayg‘uraman. Bu oydek ravshan. Ijtimoiy tarmoqlar men haqimda yozilgan bem’ani narsalarni guvohi bo‘laman, biroq har safar maydonga 18 yoshli Vinisiusdek tushib kelaman. Men “Real”da oxirigacha qolaman.Oldinroq Marseloning “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.Marselo, himoyachi
Izoh (0)