Namangan shahrida plastmassa chiqindilarni qayta ishlashdan ikkilamchi xomashyo tayyorlashga ixtisoslashgan “Mega eko plast” korxonasi faoliyat boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirkor Sherzod Abdullayevning ushbu biznes loyihasi mahalliy hokimlik tomonidan e’tiborga olinib, Namangan shahrida tashkil etilayotgan “Orzu” kichik sanoat zonasidan yarim gektar yer maydoni ajratib berildi.
Tadbirkor bu yerda qisqa muddatda umumiy qiymati 2 milliard 250 million so‘mlik qurilish-montaj, texnologik jihozlash ishlarini amalga oshirdi. Xitoydan 180 ming dollar evaziga plastmassa chiqindilarni qayta ishlash uskunalari keltirib, ishga tushirdi.
Korxonada 20 kishi ish bilan ta’minlandi. Loyihaning navbatdagi bosqichida energiya tejovchi lampalar ishlab chiqarish sexi ishga tushiriladi. Bu ish o‘rinlarini ikki-uch barobar ko‘paytirish imkonini beradi.
Izoh (0)