Bugun, 1-sentabr sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalarida final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina -60 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov final jangini o‘tkazdi. Unga hal qiluvchi jangda mo‘gulistonlik Tsendbaatar Yerdenebat raqiblik qildi. Hakamlar 2:3 hisobida mo‘g‘ulistonlik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa O‘zbekistonning kumush medallari soni 22 taga yetdi.
Biroz avval -49 kg vaznda Hasanboy Do‘stmatov kumush, -52 kg vazndagi Jasurbek Latipov hamda -56 kg vaznli bokschi Mirazizbek Mirzhalilov esa oltin medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.
Bugun, shuningdek, yana 3 nafar bokschi final jangida ishtirok etadi.
- -64kg: Iqboljon Xoldorov- Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
- -69kg: Bobousmon Baturov- Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
- -75kg: Isroil Madrimov- Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Izoh (0)