27-avgust kuni Rossiyaning Volokolamsk shahrida “Volokolamsk chegarasi” XV xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari festivali yakunlandi, deya xabar bermoqda “Literaturnaya gazeta”.
O‘zbekistonlik rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi to‘liq metrajli filmlar orasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq xuddi shu film Moskva xalqaro kinofestivalida tomoshabinlarning katta qiziqishini uyg‘otgani xabar berilgan edi.
Filmda 1989-yil Qoraqalpog‘istonning chekka bir qishlog‘i tasvirlangan. U yerda bir sobiq harbiy, kamsuqum va qattiqqo‘l kishi yashaydi. Uning atrofidagi bor mebel faqat stol, karavot va televizor. Uning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan, o‘g‘li esa u bilan urushib qolgan va nabirasi bilan uchrashishga ruxsat bermaydi. Sobiq harbiy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va kunlarning birida u saraton kasaliga chalingani ma’lum bo‘ladi.
Vafot etayotgan sobiq harbiyning bu dunyoda amalga oshirishi kerak bo‘lgan uchta ishi qoladi: nabirasini ko‘rish, maktabga suv olib kelish va bir ablahdan qasos olish.
Izoh (0)