Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim matbuot anjumanida “Oq dubulg‘alar” kimyoviy hujumni sahnalashtirishda foydalanish uchun 44 nafar bolani o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

— “Oq dubulg‘alar” deb ataluvchi soxta tashkilotning yaratilishi ortida Britaniya maxsus xizmatlari turibdi — ular tashkilotga homiylik qiladi, ularni boshqaradi… Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, ular yaqinda kimyoviy qurol bilan bog‘liq sahnani qo‘yish uchun Idlib hududida 44 bolani o‘g‘irlab ketgan, — dedi u.

Siyosatchi ta’kidlashicha, avvalroq kimyoviy quroldan foydalanishga aloqador soxta holatlarni yaratish ortida ham G‘arb maxsus xizmatlari turgan.

Hozir, Muallimning fikricha, AQSh Idlibda ilgari boshqa viloyatlarda amalga oshirilgan gij-gijlashlarni uyushtirishga urinmoqda, bu esa “Jibhat an-Nusra” guruhi jangarilarini himoyalash uchun qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)