Niderlandiya sharqida musulmonlarga qarshi qaratilgan teraktni tayyorlashda gumonlanuvchi erkak qo‘lga olindi, deb yozadi “RIA Novosti” mamlakat prokuraturasiga tayanib.
43 yoshli gumonlanuvchi may oxirida hibsga olingan, uning ishi bo‘yicha dastlabki sud majlisi 7-sentabrga belgilangan.
“Tekshiruv erkak musulmonlarga qarshi zo‘ravonlikni o‘rinli deb hisoblashi va go‘yoki bunga tayyorlangani haqidagi ma’lumot munosabati bilan boshlandi”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Bundan tashqari, prokuratura unda portlovchi modda bo‘lishi mumkinligi haqida ham axborot olgan. Tintuv chog‘ida gumonlanuvchining uyidan o‘limga olib kelmaydigan qurol topilgan. Xabarda aytilishicha, erkakda “aniq bir hujum rejasi” bo‘lganligini isbotlovchi dalillar yo‘q.
Izoh (0)