Bugun, 26-avgust sanasida Indoneziyadagi XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Penchak silak bo‘yicha -65 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdumalik Salimov yarim final bahsida indoneziyalik Iqbol Pratamaga mag‘lub bo‘ldi va bronza medali bilan kifoyalandi.
Ma’lumot uchun, mazkur sport turida uchinchi o‘rin uchun jangler o‘tkazilmaydi va yarim finalga chiqqan sportchilar kamida bronza medaliga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medal bilan umumiy reytingda 10-o‘rinni band etib turibdi.
Izoh (0)