Meksikada kamida 200 nafar politsiyachi ishdan chetlatildi, bir nechta ofitser esa uyushgan jinoyatchilik bilan sheriklikda gumonlanmoqda. Bu haqda 23-avgust kuni Mexico News Daily xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hududda jinoyatchilikning o‘sishi surishtiruv uchun sabab bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Surishtiruv vaqtida hududdagi xavfsizlik uchun federal politsiya va qurolli kuchlar javob beradi.
Shu tariqa, oxirgi oylarda mamlakat rasmiylari boshqa uch munitsipalitet — San-Martin-Tesmelukane, Cahlchikomula-de-Sesme va Amosokeda ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshirgan.
Izoh (0)