Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasi davom ettirilmoqda.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1/4 finalga chiqish uchun Gonkong termasiga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob 27-daqiqada Ikrom Aliboyev tomonidan ochildi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Zabihillo O‘rinboyev o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston 1/4 finalga yo‘l oldi.

Haydarov shogirdlari chorak finalda Janubiy Koreya—Eron juftligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

Osiyo o‘yinlari—2018

Futbol, 1/8 final

23-avgust, payshanba

O‘zbekiston — Gonkong 3:0

Gollar: 1:0—27 Ikrom Aliboyev, 2:0—60 Javohir Sidiqov, 3:0—65 Zabihillo O‘rinboyev.

O‘zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6. Jaloliddin Masharipov (11.Bobir Abdiholiqov, 71), 7. Odiljon Hamrobekov, 9. Zabihillo O‘rinboyev (19.Andrey Sidorov, 80), 10. Javohir Sidiqov (16.Doniyor Narzullayev, 71), 14. Ikromjon Aliboyev, 17.Dostonbek Hamdamov, 20. Dostonbek Tursunov.

Gonkong: 1.Xo Chun Yuyen, 3.Vang Kit Sui, 4.Xok Ming Lau, 5.Lilley Nunyez, 6.Chun Lok Tan, 8.Remi Dujardin, 9.Vai Keng Chung, 10.Ka Vai Lam (13.Xo Ming Yiu, 72), 12.Chun Ming Vu, 15.Pui Xong Yu, 18.Tarres Paramo (14.Long Xin Se, 73)

Chetlatish: Pui Xong Yu 43.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi