AQSh prezidenti Donald Tramp Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma doirasida Rossiya bilan hamkorlikni muzlatib qo‘ydi. Shartnoma Rossiya va Amerika harbiy samolyotlariga har ikkala mamlakat hududi osmonida kuzatuv parvozlarini amalga oshirish imkonini berar edi. Bu haqda Kongress qabul qilgan va Tramp imzolagan AQSh mudofaa budjetining 1242-bandida so‘z yuritiladi, deb yozadi Meduza.
AQSh prezident Rossiya shartnoma shartlarini bajarishni boshlaganligi dalillarini Kongressga taqdim etmaguncha mazkur dasturni moliyalashtirishni rad etmoqda. Vashington dastur muzlatilganligi uchun javobgarlikni Moskva zimmasiga yukladi.
AQSh Rossiya kuzatuv parvozlari davomida olingan ma’lumotlardan razvedka maqsadlarida foydalanishni to‘xtatishi, shuningdek, amalga oshirilishi kutilayotgan parvozlar maqsadi haqida ma’lum qilishi lozim deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, Rossiya AQSh samolyotlariga Kaliningrad viloyati, Checheniston va Moskva, shuningdek, janubiy Osetiya va Abxaziya bilan chegaradosh hududlar ustidan parvoz qilishiga ruxsat berishi lozim.
Izoh (0)