Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi Chili sobiq prezidenti Mishel Bacheletni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari etib tayinladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Bachelet keyingi 4 yil davomida oliy komissar vazifasini bajaradi. G‘arb ommaviy axborot vositalari qaror konsensus asosida qabul qilingani haqida xabar qilmoqda.
Ayni paytda ushbu lavozimni egallab turgan Zayd Ra’d al-Husayn oy oxiriga qadar vazifalarini bajaradi. “Men Mishel Bacheletning bu lavozimga tayinlanganidan xursandman”, – deya o‘z fikrini bildirgan al-Husayn .
Mishel Bachelet 2 marta (2006–2010-yillar va 2014–2018-yillar) Chili prezidentligiga saylangan. 2010-yili “BMT–ayollar” tizimiga rahbarlik qilgan.
Bachelet BMTdagi lavozim ta’sis etilganidan (1993-yil) buyon tayinlangan yettinchi komissar bo‘ladi.
Izoh (0)