Yaponiyaning Gumma prefekturasi qutqaruv vertolyoti 10-avgust, juma kuni Nagano prefekturasi tog‘larida halokatga uchradi. Bu haqda Kiodo agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
9:15 da Maebasi shahridan havoga ko‘tarilgan vertolyot belgilangan vaqtga aloqaga chiqmadi. Shu kunning o‘zidayoq Yaponiya o‘z o‘zini himoya qilish kuchlari tomonidan vertolyot bo‘laklari va 9 kishidan iborat ekipajning 8 a’zosi jasadi topildi. Aviahalokatning so‘nggi qurboni jasadi 11-avgust kuni topildi.
Avariyaga ob-havoning birdan yomonlashishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)