Prezidentning 2018-yil 8-avgustdagi qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Farg‘ona tumanining Shohimardon va Yordosh qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023-yil 1-yanvarga qadar ikki baravarga pasaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Masalan, tuman markazi hisoblanmagan joylardagi bog‘chalarda hozirgi kunda bir nafar bola uchun to‘lov 105 ming (tuman markazida 115 ming) so‘m to‘lov belgilangan (10,5 soatlik). Endilikda ushbu to‘lovning yarmi, ya’ni 52 500 (tuman markazida 57 500) so‘m pul to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlari, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlari, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlari, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ota-onalar to‘lovi miqdori ikki baravarga pasaytirilgan.
Izoh (0)