Uchgacha qanchalik tez sanaysiz, to‘g‘rimi? Xuddi shunday uch oylik yozgi ta’til ham o‘tib ketdi, demak ko‘plab maktab o‘quvchilarining sevimli vaqti — maktabga tayyorgarlik ko‘rish payti keldi!
Sinfdoshlaringizga yangi ryukzakni, daftarlar to‘plami va penalni ko‘rsatayotganinggizdagi hayajonli damlar esingizdami? Endi esa farzandlaringizning ajoyib kutish onlari ham yetib keldi. Quyida 2018-yilning kuzida tinib-tinchimas bolajonlarni Vicco do‘konlarida qanday oyoq kiyimlar kutayotgani haqidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz!
Urfdan qolmaydigan klassik uslub
Klassik oyoq kiyimi — dress-kod qat’iy qoidalarining ajralmas qismidir. Yaxshiki, bugungi kunda rasmiy va klassik oyoq kiyimi tanlovi shunchalik kengki, hatto eng nozik didli mijozlarga ham manzur bo‘ladi.
Yil davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan va hatto bayramona obrazni ham to‘ldiradigan tufli va baletkalar qizlarning didiga mos keladi. Yosh jentelmenlarga kelsak, ularni maktabga borishning barcha qat’iyatlariga javob beradigan, kattalarnikidek modellarning keng tanlovi quvontiradi.
Aytgancha, o‘g‘il bolalar uchun tabiiy charmdan tayyorlangan topsayder va mokasinalarning hatto 38 o‘lchamini ham topish mumkin. Bunday oyoq kiyimlarning narxi 399 000 so‘mdan boshlanadi. Qizlar uchun yangi to‘plam klassik modellarining narxi 199 000 so‘mdan boshlanadi.
Sport uslubidagi hasham
Odatiy obrazlarda sport uslubidagi elementlarning bo‘lishi urfga kirgani bois ko‘pchilik ota-onalar farzandlarining maktab formasida ham sport uslubi bo‘lishiga ruxsat berishadi. Shunday qilib, bir necha mavsumdan beri maktabga snikerlar, sliponlar, keta va hatto krossovkalar kiyishni lozim topishmoqda. Biz esa xursandmiz, chunki bolalarning yengil harakatlar bilan chopqillab yurishidan ham yaxshiroq narsa bormi? Bolalar faqat uxlayotganida tinadigan vaqtda ularning har bir qadami yoqimli patakli sport oyoq kiyimi bilan mutlaq nazorat ostida! Sport uslubi modellarining narxi 199 000 so‘mdan boshlanadi.
Smart-casual
Bolalar klassik oyoq kiyimi bozorida qiz va o‘g‘il bolalar uchun loferlar va brogilar paydo bo‘lganidan beri qulaylik va uslub o‘rtasidagi mutanosiblik masalasi o‘z yechimini topdi. Bunday oyoq kiyimlar o‘g‘il bolalarning kostyum shimi va qiz bolalarning yubka va ko‘ylaklari bilan yaxshi tushadi. Ranglarning turlicha ekanligi modellar yo‘nalishi va ularning qaysi paytda kiyilishini belgilaydi. Eng trendbop qarorlar qizlar uchun qora va to‘q qizil ranglarda, o‘g‘il bolalar uchun esa qora, jigarrang va ko‘k ranglarda namoyon bo‘ladi. Smart-casual oyoq kiyimlarining afzalligi shundaki, ularni nafaqat maktab formasi, balki jinsi, shortiklar va yengil ko‘ylaklar bilan ham kiyish mumkin, xohish bo‘lsa bas! Modellar eko charmdan tikilgan bo‘lib, ularning narxi 249 000 so‘mdan boshlanadi.
Vicco do‘konlari tarmog‘i o‘zining doimiy mijozlariga ko‘plab chegirmalarni taklif etadi, muntazam o‘tkazib boriladigan aksiyalar esa istalgan xaridni yanada yoqimli va foydali qiladi! Shoshiling, birinchi qo‘ng‘iroq jaranglashiga oz fursat qoldi!
Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi
Next savdo-ko‘ngilochar markazi
Telefon: +998 71 205 09 19
Reklama huquqi asosida